Namoz vaqtlari xususida

Alloh sizni O‘z panohida asrasin! Hazrat uyimiz masjiddan uzoq bo‘lib faqat bomdodning azonini eshitishimiz mumkin. Masjiddan vaqtlarini ko‘rishimga ruhsat yo‘q. Hozirda adminstratorning yordami bilan https://www.islom.uz/azon/index.php saytidan foydalanaman. Alloh ulardan rozi bo‘lsin! Lekin u saytda bomdod vaqti kirishidan bizga eshitilayotgan bomdod azoni(ya’ni Qarshi shahridagi) tahminan 20 yoki 30 minut kechikayapti. Ba’zida azonni eshitmaganim bois azondan oldin bomdodni o‘qigan vaqtim ham bo‘lishi mumkin. Saytdagi va bizdagi azon farqini tushunmayapman. Qaysi biriga amal qilishim kerak? Bizdagi azondan oldin, lekin saytga amal qilinganda o‘z vaqtida o‘qigan bomdodlarni taxminan sanab qayta o‘qishim kerakmi? Boshqa namoz vaqtlarida ham shunday bo‘lsachi? Javobingiz uchun oldindan Tashakkur! Vaqtingizni olganim uchun uzr so‘rayman!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Saytda vaqt kirishi berilgan. Masjidda namoz o‘qish uchun azon aytiladi. Har bir namozning vaqtining kirish va chiqish nuqtalari bo‘ladi. Shu ikki vaqtning orasida namozni o‘qib olsa etarli.

1 May 2022, 15:47 | Savol-javoblar | 141 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar