Pulim harom bo‘lib qolmaydimi

Assalomu alaykum! Men bir firmada ishlayman. Bu firmada halol mahsulot va sigaret sotiladi. Bizga Sigaret dan oyiga alohida 500ming atrofida pul to‘lanadi sotganimiz uchun. Savolim shuki: mana shu sigaretdan kelayotgan pulni ehson qilib yuborsam yoki biror muhtojga hadya qilsam, sigaretdan tashqari halol mahsulotdan kelayotgan pulim halol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sigaret savdosi bilan shug‘ullanish joiz emas. Unlan kelgan mablag‘ni savob umid qilmay sadaqa qilib yuboring. Halol mahsulot savdosi uchun olgan alohida ish haqingizga buning ta’siri yo‘q. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 17:01 | Savol-javoblar | 156 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar