Nikox ukiladimi

Assalomu Alaykum Shayx Xazratlari men boshka dindagi ayolga uylanish tugrisida M3-da eshitgandim,lekin unda kanday kilib xotin kilib olish kerak - yul yuriklarini aytmagansiz balki aytgan bulsangiz xam bizga etib kelmagandir.Nikox ukiladimi,nikox paytida kalima aytish kerak-ku kiz uyogi kanday buladi,shu erini tushuntirib bersangiz iltimos.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Alloh taolo musulmonlarga g‘ayridin ayollardan faqat masiyhiy va yahudiy diniga e’tiqod qiladiganlariga uylanishga ruxsat bergan, xolos.Alloh taolo: «Bugungi kunda sizlarga pok narsalar halol qilindi. Kitob berilganlarning taomi siz uchun haloldir. Sizning taomingiz ular uchun haloldir. Mo‘minalarning afiyfalari va sizdan oldin kitob berilganlardan bo‘lgan afiyfalar ham», degan. (Moida:5)Shu hukmga binoan ba’zi sahobai kiromlar ham ahli kitob–masihiya va yahudiya ayollarga uylanganlar. Hazrati Usmon roziyallohu anhu Noila binti al-Firoza al-Kalbiya ismli masiyhiya ayolga uylanganlar. U ayol keyin, hazrati Usmon bilan yashab turib musulmon bo‘lgan. Huzayfa roziyallohu anhu ham Madoin shahrilik yahudiya ayolga uylanganlar.Ammo ulamolar muslimalar turganda kitobiyalarga uylanish yaxshi emasligini ta’kidlashadi.

27 May 2022, 05:42 | Savol-javoblar | 171 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar