Tovuq go‘shtidagi bezlar

Assalomu alaykum! Biz go‘sht maxsulotlari (kalbasa) ishlab chiqaramiz. Biz maxsulotimiz tarkibiga tovuq go‘shti va terisidan foydalanamiz. Savol tovuq terisini bo‘yin qismida chumoli kattaligida bezlar bor.  Bizga qiyinchilik tug‘dirsada imkon darajasida olib tashlayapmiz. Lekin ko‘z ilg‘amagani o‘tib ketish extimoli xam bor. Bu bezlar harommi yoki olib tashlash shart emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Tovuq shariatga muvofiq so‘yilsa, go‘shti va terisi halol bo‘ladi. Unchalik kichiklari zarar qilmaydi. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 10:51 | Savol-javoblar | 154 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar