Kattalarni bexurmat qilish

Assalomu alaykum! Domla meni bir qarindosh akam shunday bop qoldiki kattalar bilan din xaqida baxslashib to‘xtamaydi. Shu ishi to‘g‘rimi, kattalarni bexurmatlik qilib baxs olib borishi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Din bu ahloqdir. Shuning uchun din haqida bahslashadigan odam avvalo dinga amal qilishi kerak. Qanday holat bo‘lsa ham ahloq-odob chegarisadan chiqmasligi kerak. Odatda ilmsiz odamlar shunday behurmatlik bilan bahs qilishadi. Inson o‘zini haqligini bilsa, undaylar bilan bahslashmasdan sukut saqlagani yaxshi.عن أنس بن مالك قال: قال رسول الله  صلي الله عليه وسلم: من ترك الكذب وهو باطل بني له في ربض الجنة، ومن ترك المراء وهو محق بني له في وسطها، ومن حسن خلقه بني له في أعلاها. قال الترمذي: حديث حسن Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 
"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim nohaq bo‘la turib yolg‘onni tark qilsa, u uchun jannatning chekasidan bino barpo qilinadi va kim haq bo‘laturib tortishuvni tark qilsa, u uchun jannatning o‘rtasidan bino barpo qilinadi va kimning xulqi go‘zal bo‘lsa, u uchun jannatning eng yuqorisidan bino barpo qilinadi”, dedilar". 
Termiziy rivoyati. 
Boshqa bir rivoyatda: 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Men shunga kafilman, zominman” deganlar. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 05:41 | Savol-javoblar | 138 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar