Shomdan keyin xuftonning vaqti

Assalomu alaykum! Ustozlar, hozirda Birlashgan Arab Amirligidaman xozirgi kunda shom 19:10 da bu erda. O‘zbekistonda shom kirgach 40 minutgacha o‘qisa bo‘ladi, undan keyin shomdi vaqti chiqib ketib qoladi. Bu erda shom kirgach qanchagacha o‘qib olsam bo‘ladi? Men barcha namozlardi vaqtida o‘qiyman, lekin ba’zan shom vaqtida ishim sababli 15-20 daqiqa kechikib qoladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Xuftonga azon aytguncha o‘qib olsangiz qazo qilmagan bo‘lasiz. Albatta avvalida o‘qishingiz afzal. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:35 | Savol-javoblar | 176 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar