Ichkilikbozlik

Assalomu alaykum! Men aroq ichmayman. Namoz o‘qiyman. Kelajakda qilmoqchi bo‘lgan to‘ylarimda, bazmlarimda aroq bermoqchi emasman. Lekin bermasam, gap qilishadi: xotinidan qo‘rqadi, ziqnalik qilyapti, aroqsiz to‘y to‘ymi va hokazo. Shunga nima qilsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Odamlarni gapiga qarasangiz ularga sizni do‘zaxga tushishingiz bilan ham ishi yo‘q. Siz shariatga itoat qiling. Agar harom narsalar qo‘yib qilsangiz quyida kelgan hadisga tushib qolasiz:عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَلَعَنَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي الْخَمْرِ عَشْرَةًعَاصِرَهَا، وَمُعْتَصِرَهَا، وَشَارِبَهَا، وَحَامِلَهَا، وَالْمَحْمُولَةَ إِلَيْهِ، وَسَاقِيَهَا، وَبَائِعَهَا، وَآكِلَ ثَمَنِهَا، وَالْمُشْتَرِيَ لَهَا، وَالْمُشْتَرَى لَهُرَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xamr(aroq)da o‘n(kishi)ni la’natladilar: uni siquvchisini, siqishni buyurganni, ichuvchisini, hammolini, ko‘tartirib yuruvchisini, quyib beruvchisini, sotuvchisini, bahosini eyuvchisini, sotib oluvchisini va sotib olib kelib beruvchisini».
Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilganlar.
Sharh: «Savdo» kitobida Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam xamrga aloqador o‘n kishini la’natlaganlari haqida hadis kelib, unda ham ushbu hadisi sharifda zikr qilinayotgan ba’zi shaxslar tilga olingan edi.
Ammo bu hadisi sharifda la’natlash Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam tomonlaridan emas, Alloh taolo tomonidan bo‘lmoqda. Shuning o‘zi ish qanchalar jiddiy ekanini ko‘rsatadi. Avvalo Alloh taolo xamrning o‘zini la’natlashi ta’kidlanmoqda, so‘ngra esa, unga aloqador shaxslarning la’nati kelmoqda. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 06:03 | Savol-javoblar | 150 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar