Stavkadan yutuq

Assalomu alaykum! Meni o‘ylantirgan bitta maqol bor, shuni so‘ramoqchi edim. Savolim shundayki, agar B stavka qilib katta summa yutsa va yutuqning ayrim qismini odamlarga exson qilsa yoki shunchaki berib yuborsa, shunda B gunohkor bo‘ladimi yoki savob qilgan bo‘ladimi? Men tushunishimcha stavkadan yutulgan pullar bular xarom xisoblanadi. Ummuman Stavkadan yutulgan pullarni qay maqsadda ishlatsa bo‘ladi? Uzr so‘rab qolaman, agar savolim noo‘rin bo‘lgan bo‘lsa.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalo stavka – qimorga pul tikish harom va undan kelgan yutuq ham harom. Uni ehson qilishdan savob bo‘lmaydi. Uni umuman ishlatib bo‘lmaydi. Yutib olingan mablag‘lar bo‘lsa, tavba-tazarru qilib, ularni kambag‘allarga savob umid qilmay, haromdan qutulish uchun berib yuboriladi. Agar undan ishlatib qo‘ygan bo‘lsa, o‘sha miqdorini ham berib yuborish kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 06:24 | Savol-javoblar | 165 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar