Qurbonlikka qo‘y olgandik

Assalomu alaykum! Qurbonlikka deb bozordan qora soliq qo‘y oldik. Ikkala qulog‘ida kesilgan joyi bor qurbonlikka o‘tadimi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qulog‘ining kesilishi boshqa narsa uzilib tushishi boshqa narsa. Uzilib tushgan qismi quloqning uchdan biridan ko‘p bo‘lsa bo‘lmaydi. Vallohu a’lam! Quyidagi linkda qurbonlikka oid boshqa masalar ham bor. https://fiqh.uz/mavzu/56/1

26 May 2022, 06:58 | Savol-javoblar | 141 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar