Ilm olishimga erim qarshi
Assalomu alaykum! Yaqin kunlardan beri ilm olishlik istagi kuchayib boryapti. Dunyoviy va diniy ilmlar olishlik istagim juda baland. Dunyoviy ilm deganimda erim buxgalter bo‘lib ishlaydi man xam shu soxani o‘rganib erimga yordam berib uyda ishlamoqchiman evaziga manga xam oylik chikib berishlarini suradim. uz pulim bulishini xoxlayman.diniy ilmda esa arab Tilini urganishni Kuron Ukishni judayam xoxlayapman Ammo erim unisiga xam bunisiga xam norozi karshilik kildi.manga Ishim buyicha erdam berishingni karshimasman ammo oylik chikarmayman pul bermayman deyaptilar.Kuron ukishga kelsak arab tilini urganib kuron ukish farz kilinmagan ayniksa ayolllarga shart emas ayol kishi fakat bollariga karab eriga karab erini rozi kilishligi bn surok kilinadi. Man esa sandan xali jannatga kirishliging darajasida rozimasman Kuron ukiganing foyda bermaydi desyati.man esa ilm urgansam sizga foydam tegsa Kuron urgansam balki Ollox yanada kalblarimizni ochib ikkimizni xam bir birimizdan rozi buladigan darajaga kutarib kuyishligidan umidvordigimni aytsamda erim mani farosating yuk akling xech narsaga etmaydi bollarga karab utir undan kura deb norozi buldi.Aytingchi men noxakmanmi Ollrxning rozilini jannatga kirishim uchun fakat erim rozi bulsa buldimi?erning roziligi fakat bollarga yaxshi karab Erni xamma aytganlirini kilish Bilan ulchanadimi?Erim ilm olishligim uchun sharoit yaratib berishga masul emasmi?Axir Ollox erkakni uz ayollari ustidan boshkaruvchi kilib yaratgan bulsa.,shu boshkaruvchi uz xodimiga yanada rivojlanishi yaxshi natijalar kursatishi uchun xar tomonlama ilm tomonlama xam sharoit kilib berishi kerakmasmi?Ilm olishlikka sharoit kilmay yana ayolini farosatsizlikda "tupoy" db xakorat kilishlik bu zulm emasmi? Agar noshukurlik qilayotgan bo‘lsam Ollox kechirsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz diningizga kifoya qiladigan ilm olishga haqqingiz bor. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 06:57 | Savol-javoblar | 163 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz diningizga kifoya qiladigan ilm olishga haqqingiz bor. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 06:57 | Savol-javoblar | 163 | Oila va turmush