Qarzdor bolgandagi vaziya

Assalamu alaykum va rahmatulloh!2009 yili yahshi niyat bilan bir kochmas mulk yani kvartira oldim. Ozimni yashaydigan uyim bor, olingan yangi uyni pulini yarimini qarz olib va yarimini har oyda tolashga kelishib oldik. Hozir Alhamdulillah olgan qarzimni ozgina qismini va oyma oy tolanadigan pulni tolab kelmoqdaman.Meni qiynayotgan savollardan birinchisi:Alhamdulillah 2010 yili Alloh (swt) menga yana bir farzand berdi, aqiqa masalasida maslahatlashganimda menga qarzni uzish afzal deyishdi.Shariat hukmi qanaqa boladi?Ikkinchi savolim:Yuqorida olingan yangi uyni har oyda tolovlarini tolaganim sababli malum bir qismi meni mulkimga aylanayapti.Shu mulkga nisbatan zakot hukmi qanday boladi. Sababi meni qarzim bor deb 2-3yildan beri zakot bermayman.Yana bir iltimosim duo qiling.Oldindan rahmat.Alloh sizdan va Ota-Ona laringizdan rozi bolsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Aqiyqa yoki qarzdan ikkisidan birini ado etish masalasi bo‘lsa, qarz oldinga suriladi. Ammo to‘lov vaqtini kechiktirmay aqiyqa qilish imkoni ham bo‘lsa, uni ham qilinsa yaxshi bo‘ladi.- Uyni sotishni niyat qilsangiz, zakot berasiz.

4 May 2022, 02:48 | Savol-javoblar | 163 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar