Ribo emasmi? Xalolmi?

Assalomu alaykum! Domla Buxoroda bir biznesmen akamizdi qurilish kompaniyasi bor. U qurilishga investorlarni taklif qilishadi. Misol uchun 10.000$ pul tiksangiz, 1 yildan kegin 17.000$ pul qilib olasiz ekan. O‘zlarini aytishicha davlat tamondan ro‘yxatdan o‘tkanmiz deyapti va shariy tomondan xam xalol so‘rab aniqlaganmiz deyishyapti. Biz tikkan pullarni qurilishka ishlatishar ekan. Pul tiksak xalolmi? Ribo bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar bu qarz ko‘rinishida bo‘lsa riboga tushadi. Aniq summada foyda ko‘rishni va’da qilayotgani bu ishni ribo ekaniga dalolat qilib turibdi. O‘zingizga yaqin erdagi ahli ilmga murojaat qiling. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 08:02 | Savol-javoblar | 165 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar