Asr namozi xaqida
Assalomu alaykum! Men Rossiyadaman, xanafiy mazxabiga ko‘ra namoz o‘qiyman. Alxamdulillax, bomdod, shom va xufton namozlarini uyda o‘z vaqtida o‘qimoqdaman. Lekin Peshin va asr namozlari, ish paytga to‘g‘ri kelganligi uchun ozgina muammo bo‘lmoqda. Shu ikki namoz uchun 20/25 daqiqa tanaffus berishadi. Ya’ni peshinni oxirgi vaqtida o‘qib, so‘ng asr kirishi bilan asrni o‘qiyapman. Xozirda asr namoziga 16:20 da azon aytmoqda, men 20daqiqa avval,ya’ni 16:00 larda tanaffus olib, taxorat qilib peshin o‘qiyman, va 16:20 da asr namozini ado qilib, darxol ishimga qaytaman. Lekin meni o‘ylantirgan narsa shuki, bu azon jumxur ulamolar mazxabi bo‘yicha aytilarkan. Internetdan ko‘rdim, Xanafiy mazxabida esa 17:10 da, ya’ni 50 daqiqadan so‘ng asr kirarkan. Men yashayotgan shaxarda barcha masjidlarda asrga azon, jumxur mazxabiga ko‘ra aytilarkan. Shu ikki namozimni shu zaylda o‘qishni davom ettiraveraymi? Yoki azonlarga qaramasdan 16:50 da tanaffus olib, peshinni o‘qib so‘ng 17:10 da asrni ado etaymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qilayotgan ishingizni davom ettiravering. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 11:20 | Savol-javoblar | 222 | Namoz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qilayotgan ishingizni davom ettiravering. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 11:20 | Savol-javoblar | 222 | Namoz