Bank orqali avtomobil sotish

Assalomu alaykum! Man moshina bozorda ishliyman. Faqat naqd pulga savdo qilaman. Xozir ko‘pchilik moshinani bank orqali sotib ovotti. Man moshinani egasidan sotvolib pulini naqd sanab beraman, keyin uni boshqa odamga naqd pulga sotaman. Shunda mandan sotib olgan odam manga notariusda pulimi to‘liq naqd berib yuborsa o‘zi moshinani asl egasidan oldi sotdi shartnoma bilan bankdan kredit rasmiylashtirib olsa bo‘ladimi? Shunaqa qilish mumkinmi, manga pulim xalol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz aytgan narsa riboviy amal bo‘lsa bilib turib bu narsaga yordam bermang.  Kredit deb qarz berib qaytarib olishda ustamasi bilan olishga aytiladi. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 08:02 | Savol-javoblar | 177 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar