Juma kuni ishga aytish

Assalomu alaykum! Biz musofir yurtdamiz (koreya) juma kuni ishimiz bo‘ladi lekin biz Jumaga baramiz alhamdulilloh. Bu erda ish guruppalar bor o‘sha ishni guruppaga tashlasak bo‘ladimi? Agar ish bo‘lsa ishga bo‘lmasa Jumaga keladigan bollar ko‘p o‘zim ham hususan ba’zida shunday qilib qo‘yaman. O‘sha ishga chiqib jumadan qolsa biz gunohkor bo‘lib qolmaymizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘rningizga boshqa din vakilini qoldirishingiz joiz. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 08:02 | Savol-javoblar | 173 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar