Random kabi tanlovlarda qatnashish mumkinmi ?
Assalomu alaykum! (O‘tgan safar savol berganimda qanday malumotligini yozmabsiz degan ekansiz . Bu safar to‘liq yozishga harakat qildim . ) Yaqinda bir yangilikni ko‘rdim . Unda siz bir telegram botga kirib Mana shu savollarga ma’lumot yozasiz . Savollar : siz qaerda yashaysiz , necha yoshsiz , banklardan foydalanasizmi kredit olasizmi , olmasangiz nega olmasligingiz ( javoblar ichida diniy sabablarga ko‘ra olmayman degan javob ham bor) , oyligingiz qancha kabi savollarga ma’lumot to‘ldirasiz va ro‘yxatdan o‘tgan hisoblanasiz . Ular ma’lum bir miqdorda ya’ni telefon quloqchin kabi narsalarni ko‘rsatadi so‘ng tasodifiy tanlash ya’ni random orqali barcha ro‘yxatdan o‘tganlardan bazilarini tanlab oladi va ularga telefon quloqchin kabi narsalarni beradi . Ular talab qiladigan narsa faqat ro‘yxatdan o‘tish . Agar men tasodifiy tanlangan insonlar qatoriga tushib qolsam va ular menga telefon yoki quloqchin berishsa uni olishim mumkinmi ? O‘zi aslida bunday random larda qatnashish mumkinmi dinimizda?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday narsalarda qatnashmaslik lozim. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 08:25 | Savol-javoblar | 158 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday narsalarda qatnashmaslik lozim. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 08:25 | Savol-javoblar | 158 | Halol va harom