Do‘st haqida

Assalomu alaykum! Meni yoshlikdan o‘sgan qadrdonim do‘stim bor edi! u bilan urushib qolganimizga chamasi 2 oy bo‘ldi men osha vaqt Allohga qasam deb dilimdan o‘tib qolgan edi bu gaplar : "Allohga qasam u kechirim so‘ramagunicha men unga bir og‘iz ham gapirmayman" bu gapim o‘ylashimcha to‘g‘ri emas. Ayb undaligiga men ham u ham aniq iqror. Buni barcha biladi lekigin nima qilay do‘stimda bu qasamimni nima bilan yuvsam bo‘ladi? Do‘stim safarga ketyabdi ekan oylaviy sharoiti zo‘r emas, meniki o‘rtahol unga pul berib yubormoqchi edim. U yog‘da qiynalmasin deb.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qasam bo‘lgan taqdirda ham qasamingizni buzib kafforatini to‘lang. Insonlarni eng yomoni ichida gina saqlaydigani. Undan ham yomoni unga uzr aytilsa qabul qilmaydigani. Rivoyatlarda i Hasan bilan imom Husaynlar bir sabab bo‘lib arazlashib qolishib gaplashmay yurishganida sahobalardan kattalari imom Husaynga gina saqlamalikni nasihat qilgan ekanlar. Shunda imom Husayn “Bobomdan eshitgandim ikki musulmon arazlashib qolib qaysi biri avval salom berib gap boshlasa o‘shaning gunohlari kechiriladi deb. Men akamni avval gap ochib mag‘firatga erishsin deb kutib turibman” degan ekanlar. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 05:53 | Savol-javoblar | 139 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar