Bid’at haqidagi ba’zi rivoyatlar

Assalomu alaykum, muhtaram ustoz!Kadrli shayx xazratlari! Sizga savolila murojaat qilishga ijozat bergaysiz. Ma’lumki, bid’at masalasi ulamolaro‘rtasida tortishuv bo‘lgan masalalardan hisoblanadi. Yakindakuyidagi rivoyatlarni o‘rganish jarayonida savol tug‘ildi. O‘sha rivoyatlar kuyidagilar:1-rivoyat. Amr ibn Yahyo aytadi:«Otam bobomdan rivoyat qilib aytganlarini eshitdimki: Biz bamdod namozidan oldin Abdulloh ibn Mas’udning (roziyallohu anhu) eshigi oldida unikutib, chiqsa birga namozga boramiz deb o‘tirgan edik, Abu Muso al-Ash’ariy (roziyallohu anhu) kelib qoldilar va: «AbuAbdurrahmon hali chiqmadimi?» debso‘radi. Biz: «Yo‘q» degan edik, to chiqqunicha biz bilan o‘tirdi. Chiqib kelgach hammamiz unga peshvoz chiqdik. Abu Muso dedi: «Ey AbuAbdurrahmon, men hozirgina masjidda notanish bir ishni ko‘rdim, lekin Alhamdulillah,yaxshilikni ko‘rdim». «Nima ishekan?» deb so‘radi. U aytdi: «Borsangiz ko‘rasiz, masjidda birqavmni ko‘rdimki, namozni kutib halqa-halqa bo‘lib o‘tirishibdi. Harbir halqada bir kishi (bosh), qo‘llarida toshchalar, haligi kishi:«Yuz marta takbir aytinglar» deydi, yuz marta takbir aytishadi, «Yuz marta tahlil aytinglar» deydi, yuz marta tahlil aytishadi, «Yuz martatasbeh aytinglar» deydi, yuz martatasbeh aytishadi». «Siz ularga nima dedingiz?» dedi. «Sizning fikringizni kutib hech narsa demadim» dedi. «Yomonliklarinisanashga buyurmabsiz-da,yaxshiliklaridan hech narsa yo‘q bo‘lmasligiga kafolat bermabsiz-da»dedi. So‘ng birgalashib ketdik. Haligi halqalardan biri oldiga kelib to‘xtadi va: «Nima qilayapsizlar?» deb so‘radi. «Ey AbuAbdurrahmon, toshchalar bilan takbir, tahlil, tasbeh, tahmidnisanayapmiz» deyishdi. «Gunohlaringizni sananglar,yaxshiliklaringizdan biron narsazoe ketmasligiga men kafilman. Holingizga voy bo‘lsin, ey ummati Muhammad! Halokatingiz bunchalar tez bo‘lmasa! Hali u zotning sahobalari hayot bo‘lsa, kiyimlari hali eskimagan bo‘lsa, idishlari sinmagan bo‘lsa! Jonim Qo‘lidabo‘lgan Zotga qasamki, sizlar yo Muhammad sollallohu alayhi vasallamning millatidan ko‘ra hidoyatliroq bir millatdasizlar yo esa zalolat eshigini ochishga urinuvchisizlar», dedi. «Ey Abu Abdurrahmon, biz faqat yaxshilik istagan edik» deyishdi. «Qancha yaxshilik istovchilar bo‘ladiki, unga aslo eta olishmaydi. Rasulullohsollallohu alayhi va sallam aytganlarki: «Bir qavm keladiki, Qur’on o‘qiydilar, biroq bo‘g‘izlaridan o‘tmaydi». Allohga qasamki, bilmayman, balki o‘shalarning ko‘plari sizlardan bo‘lsa kerak» dedi. So‘ng ulardan burilib ketdi». Umar ibn Salama aytadi: «O‘shalarning ko‘pchiligini Nahravon kuni xavorijlar bilanbirga bizga qarshi urushga kirganini ko‘rdik».(Dorimiy rivoyati)2-rivoyat.Bir kishi imom Molik ibn Anas rahimahulloh huzuriga kelib:«Qaerdan ehrom bog‘lasam bo‘ladi?»deb so‘radi. «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam belgilab bergan va o‘zlari ehrom bog‘lagan miyqotdan» deb javob berdi. «Undan uzoqroqdan bog‘lasamchi?» dedi. «Bunday qilishnidurust deb ko‘rmayman» dedi. «Buningnimasini karih ko‘rasiz?» dedi.«Sening fitnaga tushishingni karihko‘raman» dedi. «Yaxshilikni ziyoda qilishda nima fitna bo‘lishi mumkin?» deb so‘radi. Molik dedi:«Chunki, Alloh taolo aytadi:«Payg‘ambarning amriga xilof ish qiladigan kimsalar o‘zlariga biron fitna-kulfat etib qolishdan yoki alamli azob etib qolishidan hazirbo‘lsinlar!» (Nur: 63). Sen o‘zingni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham u bilan xoslanmagan bir fazilat bilan xoslashingdan ko‘raham katta fitna bo‘lishi mumkinmi?!»[Abu Shoma, «Albo’isuala inkaril bida’ val-havodis» (14-s)]Savolim shundan iboratki, rivoyatlarda Ibn Mas’ud (r.a) va Imom Molik (r.a)larning bid’atgabo‘lgan munosabatlari bayon kilinmokda. Hozirda musulmonlarorasida xuddi yukoridagi rivoyatda keltirilganga o‘xshash amallar uchrab turadi. Yaxshi niyat bilan bir amalni kilishadida, buni bid’at ekanligini bilishmaydi. Bid’atmasalasida yukoridagi rivoyatlarga kanday amal kilinadi? Bid’atni qattiq olgan ulamolarga ergashib,"bid’ati hasana"ni xam iloji boricha kilmaslik kerakmi? Javoblaringiz uchun tashakkur!Umidjon Tursinov
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Savolni bittadan bering.

2 May 2022, 15:14 | Savol-javoblar | 167 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar