Birovni gunohlarini bo‘yniga olish

Assalomu alaykum! O‘lgan insonning gunohlarini bo‘ynimga olishni duo qilib Allohdan so‘rasam bo‘ladimi va u o‘lgan insondan bu qilgan gunohlari uchun narigi dunyoda javob bermaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘lmaydi. Odam o‘zini haddini bilishi kerak. Siz oxirat azoblarini hazil yoki engil faxmlamang. Oxiratdagi holat haqida Alloh taolo “Abasa” surasida marhamat qiladi.يَوْمَ يَفِرُّ الْمَرْءُ مِنْ أَخِيهِ۝ وَأُمِّهِ وَأَبِيهِ۝ وَصَاحِبَتِهِ وَبَنِيهِ۝34. u Kunda kishi o‘z aka-ukasidan qochadir…
35. va onasi va otasidan…

36. va xotini va bola-chaqasidan.
Ya’ni qiyomatning dahshatidan hamma o‘zi bilan ovora bo‘lib qoladi. Hatto hech kimning aka-ukasi, ota-onasi va xotiniyu bola-chaqasi bilan ham ishi bo‘lmay qoladi.
Bu dunyoda inson boshiga og‘irlik tushgan xotini, bola-chaqasi, ota-onasi va aka-ukasiga yordamga shoshiladi. Mazkur kishilarga kattadir-kichikdir musibat etganda, yordam berish burch, yordam bermaslik esa or-nomus hisoblanadi. Ammo qiyomat qiyinchiligida esa inson mazkur kishilarni ham tashlab qochadi. Qolaversa “An’om” surasi 164-oyatida quyidagicha marhamat qiladi :قُلْ أَغَيْرَ اللّهِ أَبْغِي رَبًّا وَهُوَ رَبُّ كُلِّ شَيْءٍ وَلاَ تَكْسِبُ كُلُّ نَفْسٍ إِلاَّ عَلَيْهَا وَلاَ تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ أُخْرَى ثُمَّ إِلَى رَبِّكُم مَّرْجِعُكُمْ فَيُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ فِيهِ تَخْتَلِفُونَ...Hech bir yukli(gunohkor) jon boshqaning yuki(gunohi)ni ko‘tarmas(zimmasiga ololmaydi). So‘ngra qaytishingiz Robbingizgadir. Bas, U sizlarga ixtilof qilgan narsalaringizning xabarini berur. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!

14 May 2022, 09:18 | Savol-javoblar | 163 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar