Tijorat bo‘yicha dinimizda

Assalomu alaykum! Tijorat qilishda ozgina bulsada dinimizdagi talablardan xabar topdim. Men yaqinda biznes boshlamoqchiman. Biznesim boshidan xalol yo‘l bilan bo‘lishini juda xohlayman. Tijorat qilishda dinimizdagi talablar qanday savdo joizu qaysi biri nojoiz. Shu tijoratga oid bilimlarni qaerdan olsam buladi? Biror manba bormi? Bo‘lsa iltimos tavsiya qiling. Bu fiqx ilmida o‘rgatiladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining Kifoya” kitobining uchinchi juzidagi Savdo bobi, “Bozor va unga bog‘liq masalalar”, “Qarz va unga bog‘liq masalalar” kitoblari hamda fiqh.uz saytidagi tegishli bo‘lim maqolalarini o‘qib chiqing. Biror tijorat boshlashdan oldin fiqh ilmidan puxta xabardor ahli ilmga uchrab, tavsiyalar oling. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 19:39 | Savol-javoblar | 148 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar