O‘g‘irlatib qo‘yilgan birovning mulki
Assalomu alaykum! Men bir tanishimning velosipedidan foydalanish uchun olib turgandim. Kirishim kerak bo‘lgan joy oldida, ko‘pchilik ko‘zi tushadigan joyda velosipedni qulflab qoldirdim. Qaytganimda, qulfni sindirib, velosipedni o‘g‘irlashganini ko‘rdim. Bu narsa e’tiborsizlik hisoblanadimi? (40-50 daqiqa atrofida u erda bo‘lmadim) Lekin o‘zimning velosipedim bo‘lganda ham bir hil munosabatda bo‘lganman. Bunday vaziyatda zarar qanday qoplanishi bizni mazhabga mos va Allohga ma’qul bo‘ladi? Ikkimiz ham talabamiz, sharoitimiz deyarli bir hil.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Foydalanib turish uchun egasining izni bilan olingan buyum o‘sha oluvchining beparvoligi yoki tajovuzisiz halok bo‘lsa, uning egasiga qiymatini to‘lab bermaydi. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 09:28 | Savol-javoblar | 149 | Moliya va tijorat