Namozdan keyingi zikrlarni jamoat bilan qilish
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, namozdan keyingi zikrlarni jamoat bilan qilish va jamoatga salom berishni bid’at deb eshittim. Sababki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu ishlarni qilmaganlar deb gapirishadi. Bu rostmi? Va shu bois hadis qidirdim shunga muvofiq va shunday hadis topdim. Roviylari keltirilmagan ekan. "Payg‘ambarimiz kim bir qavmga imomlik qilsayu namozni salom bilan tugatib o‘z xolicha aloxida duo qilsa bas u o‘sha qavmga xiyonat qilibdi". Termiziyda kelgan ekan. Ibni Kasir sharxida bu namozdan keyingi zikrlar deyilganakan vallohu a’lam. Shunday hadis bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bunday hadisni bilmaymiz. Lekin imom namozni ichida faqat o‘zi uchun duo qilib qavmining haqqiga duo qilmasligi yaxshi emasligi hadisda kelgan. O‘shani chalkashtirib qo‘ygan bo‘lsa kerak. Namoz tugagandan keyin, namozga alohida, qavmga alohida salom berish bid’at. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham sahobalar ham bunday qilmaganlar. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:35 | Savol-javoblar | 164 | Turli savollar