Vaqtga xiyonat

Assalomu alaykum! Man dukonda mebel sotaman! Klient keldi, mebel tanladi, Tsexga telefon qilib, klient tanlagan mebelini qancha voqta tayyorlab berishini so‘radim. Tsex 1 xafta didi Klient bu mudatga rozi bo‘ldi. 1 xafta o‘tib tsextan xabar olsam boshqa birovga bervorvimiz bilmastan didi va evaziga klientdan yana voqt olib berishini so‘rab 3 kunda bitirib beraman dib etdi. Va yana mudat keganda ulgurmadi va 4 kuni bitirib berdi. Klient mebel yoqti mana kelishkan pulimiz lekin kutkan voqtimga rozi emasman dib etdi. Tsexovikka telefon qilib tushib berin Kelishilgan voqtga qilib beromadiz disam yo‘q dib etdi. Sovol: bu xolatda qanday yo‘l tutsam bo‘ladi klient rozi bo‘masa rizqimmi xaloliga putur etmiydimi
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Vada ishida vaqtida bajarishi kerak bo‘ladi. Imkoni bo‘la turib vaqtdan kechiksa, zulm bo‘ladi. Alloh taolo bandasiga ona farzandiga rahm qilishidan ham mehribonroqdir. Biror bir bashar boshqasiga Alloh taolo bandalariga bo‘lganichalik rahmli emas. Alloh taolo biror bir bandaga zulm qilmas. Bandlar gunoh qilsalar ularni azoblashga, itoat qilsalar mukofotlashga Alloh muhtoj emas. Shunday bo‘lsa ham Alloh taoloning komil rahmatidanki bandalarga ular toqati etadigan amallarnigina buyurgan. Biror ishga harom deb hukm chiqargan bo‘lsa, ularni bunday ishdan tiyilishga qodir qilib qo‘ygan.  Bu kabi kasalliklarning shifosi yo‘q deb gumon qilish eng katta xatolardandir. Zero buning davosi bo‘lmaganida Alloh taolo Lut qavmini bu ishdan tiyilishga va tavbaga chaqirmagan bo‘lar edi. Inson tanasini Alloh yaratgan, uni o‘zi yaxshi biladi. Nimasi o‘zgarishi mumkin-u nimasi esa o‘zgarmasligi o‘ziga ma’lum. Shunday ekan bundan ulkan ma’siyat va unga sabab bo‘luvchi omillardan o‘zini burib, Allohdan engillik so‘rash lozim. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 09:50 | Savol-javoblar | 148 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar