Ilm uchun xaq

Assalomu alaykum! Uyda farzandlar talimi bilan bandman. Boshqa bolalarga xam o‘qish yozishdan talim berib bunga xaq olishim mumkinmi? Turmush o‘rtog‘im ilmni sotish yaxshi emas xolis Alloh uchun qiling deyaptilar. Men albatta Alloh rizosi uchun faqat sizga ozroq bo‘lsada moddiy yordam bersam deyapman. Shu ishim joizmi? 2 Dinimizda ayollar xam nomaxram erkaklarga aralashmay ishlashlari joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bu ilmni sotish emas. Shariatimizda ta’lim bergani uchun haq olish joiz.2). Dinimizda ayollar erkaklarga aralashmay, shariatning buyruqlariga amal qilib ishlashlari joiz. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 10:23 | Savol-javoblar | 140 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar