Qaysi birini tanlaganim ma’qul

Assalomu alaykum! Men maktabda matematika fanidan dars beraman. Namozlarimi imkon qadar jamoat bilan o‘qishga xarakat qilaman chiqolmay qolsam qalbim og‘riydi. Qur’onni 2 marotaba o‘qib xatm qildim xozir xam xar kuni o‘qib xatm qilish payidan bo‘laman. Farzandlarim, ayolimga xam ilm o‘rgataman. Shu yozda man uchun sinov bo‘lsa kerak maktab raxbarligiga taklif tushdi. Xatto xokim xam suxbatga chaqirdi. Bordim rad etdim. Lekin ustozlarimni o‘rtaga qo‘yib bo‘lsa xam lavozimga o‘tishim kerakligini. Xalqimiz farzandlari sifatli ta’lim olishlari uchun astoydil xarakat qilishimni bu savobli ish ekanligini uqtirishmoqda. Men direktor bo‘lsam namozlarim, ibodatlarim, o‘qiyotgan Qur’onimga ziyon etib qolishidan qo‘rqaman. Majlislar, turli tadbirlar va xakazo sabab. Xozirgi direktorimiz xam mani tavsiya qilib kelibdilar ketimdan iymon insofli inson qolsin deb. Manga maslaxat beringlar, iltimos!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday vaziyatlarda istixora qilinadi. Aslida sizga o‘xshagan iymonili insonlar talimni tug‘ri yo‘lga qo‘ysa, yaxshi bo‘ladi. Vallohu a’lam!

4 Oktabr 2022, 18:08 | Savol-javoblar | 104 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar