Jamoatda saf, Qibla

Assalomu alaykum! 1. Biz yotoqxonada yashaymiz. Yotoqxonamiz binosi qiblaga qaratib qurilmaganligi va joy torligi uchun jamoat bo‘lib namoz o‘qiganimizda saf tekkis bo‘lmaydi. Shunday holatda namoz o‘qisak bo‘ladimi yoki alohida-alohida o‘qiganimiz afzalmi? 2. Bino qiblaga to‘g‘ri bo‘lmaganligi uchun qiblaga aniq qarab emas "qibla tomonga qarab" deb niyat qilib o‘qisak va qibla tomondan ozgina burilgan bo‘lsa namoz qabul bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Safni tekis qilishni imkoni doim topiladi. Safni to‘g‘irlab, jamoat bo‘lib o‘qinglar.2). Qibla qaysi tarafda ekanini aniq bilsangiz, xonaning shakliga moslashmasdan, qiblaga moslashinglar. Namozingiz durust bo‘lgan. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 10:23 | Savol-javoblar | 160 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar