Noto‘g‘ri gumon

Assalomu alaykum! Savolim kimdir xaqida yaxshi gumon qilmaslik xaqida. Men namozlarimda ishorai sabboba qilaman va oyog‘im son qismim sal etlik ekani sababli oyog‘im orasini 6 yoki 7 barmoq ochib namoz o‘qiyman. Sababi shunday qilmasam muvozanat ushlashim qiyin bo‘ladi. Alxadulillah Qur’on o‘qiyman. O‘qishni esa Shayx Alijon qorini Al Azhardagi shogirtidan onlayn va Jaxongir qori akamizni onlayn darslaridan o‘rganganman. Rassiyadan yaqinda keldim. Alxamdulillah Alloh musofirlikda iymonimni va diniy ilmga bo‘lgan muxabbatimni yanada ziyoda qildi. Abu Xanifa roximaxullohni Xanafiy mazzabidaman. Vatanga qaytib ilm izlanyapman va ustoz xam qidirdim. Kecha shunday xolat bo‘ldi. Masjitdagi imom meni namoz o‘qishimni ko‘rib yani ishorai sabboba va oyog‘im sal ochiq ekanini ko‘rib meni vaxxobiy deb o‘ylabdi va men shogirt bo‘lmoqchi bo‘lgan ustozga: u bola shunday xarakat qilyapti yani voxxobiyga o‘xshayapti debti. Meni surishtiribdi . O‘zimdan nega bunday o‘qiysan deganda sababini aytardim imom esa teskari gumon qildi. Bo‘lajak ustozim xam sal shubxa qildi. Meni esa imomdan qo‘nglim qoldi. Shunday xolatda imom aslida qaday yo‘l tutishi kerak? Men qanday yo‘l tutay? Ishorai sabboba qilaveraymi yoki qilmaganim maqulmi? Oyog‘im esa iloji yo‘q sal ochiq turadi. Alloh gumondan saqlanishga da’vat etganku. Xech bo‘lmasa yaxshi gumon qilishi kerak emasmi. Qolganlarda xam menga nisbatan shubxa paydo bo‘ldi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizning holatingizni o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rmaganimiz uchun imomning qilgan ishiga munosabat bildira olmaymiz. Umumiy holatda kishi o‘zgalar haqida yomon gumonda bo‘lmasligi va o‘zini ham shubhali holatga solib, o‘zgalarning gunohiga sababchi bo‘lib qolmasligi lozim. Mo‘min ochiq ko‘ngil, farosatli, dindoshlariga rahmdil, xushmuomala bo‘lishi lozim. Arzimagan ishni deb birodaridan gina qilishi durust emas. Siz fitna chiqmasligi uchun eng to‘g‘ri yo‘l qaysi bo‘lsa o‘shani qiling. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 10:23 | Savol-javoblar | 146 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar