Xalollik

Assalomu alaykum! Men pul o‘g‘irlik qilar edim, xudoga shukur xozir tovba qiganman. Lekin o‘sha paytda o‘g‘irlangan pulga sumka sotib olgan edim. Tavba qilganimdan kegin shu sumkaga ovqat solib ishxonaga oborib tushlikda ovqat eyman. Lekin ko‘nglim xijil bo‘lib boshqa sumkada ovqat solib bormayapman. Endi savolim shuki shu sumkaga ovqat solib oborib egan taomim xarom bo‘ldimi, ya’ni luqmam xarom bo‘ldimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Allohga qaytganingiz, qilgan tavbangiz muborak bo‘lsin. Qilingan ma’siyatga nadomat chekish va unga qayta qo‘l urmaslikka ahd qilib aytilgan tavba insha Alloh maqbuldir. Qolgan hayotingizni Allohning roziligini topish ustiga quring. Pul egalariga o‘g‘irlagan pulingizni qaysi yo‘l bilan bo‘lsa ham qaytaring. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 10:37 | Savol-javoblar | 171 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar