Parkinson kasalligida ibodat

Assalomu alaykum! Onajonimda parkinson kasalligi aniqlangan. Alhamdulillah onajonim 5 vaqt namoz o‘qishadi. Lekin tahoratga qiynalishyabdi namoz oqishlariga ham qiynalaishadi lekin tahoratda qanday engillik bor chap qollari harakatlantirgani qiynalishadi bu kasallik tuzalmaydi borgan sari ogirlashadi deyilgan ekan lekin buni onajonim bilishmaydi. Onajonim juda qiynaladi bazida yiglab ozlarini siqib qoyishadi ularga siqilish mumkin emas. Shunday paytlarda ularga qanday gaplar aytishni bilmay qolaman. 2.Tuzalishlari uchun qanday ozilari o‘qishalariga duoni tavsiya qilasiz. 3 Qanday hadislar bilan ularga dalda beraylik. Bu kasallik haqida toliq yozolmadim ushbu kasallik haqida ma’lumotni bilib tahoratdagi engilliklar haqida ma’lumot beringlar iltimos Onajonimning yoshlari 57 da.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Tahorat qilishlariga yordamlashinglar. Namozni qodir bo‘lganicha o‘qiydilar. Turib o‘qishga qodir bo‘lmasalar o‘tirib, o‘tirib o‘qishga qodir bo‘lmasalar yotib ishora bilan bo‘lsa ham o‘qiydilar. عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَمْرٍو قَالَ قَالَ النَّبِىُّ  صلي الله عليه وسلم: إِنَّ الْعَبْدَ إِذَا كَانَ عَلَى طَرِيقَةٍ حَسَنَةٍ مِنَ الْعِبَادَةِ، ثُمَّ مَرِضَ قِيلَ لِلْمَلَكِ الْمُوَكَّلِ اكْتُبْ لَهُ مِثْلَ عَمَلِهِ إِذَا كَانَ طَلِقًا حَتَّى أُطْلِقَهُ أَوْ أُكْفِتَهُ إِلَىَّ. وَ كَذَا وَرَدَ فِى الْمُسَافِرِ وَ الشَّيْخِ الْكَبِيْرِ مرقاة Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Albatta, bir banda ibodat bo‘lgan amallardan birini o‘ziga odat qilib olib, so‘ng kasal bo‘lib qolsa, unga vakil qilingan farishtaga “Bandamni kasalligidan forig‘ qilgunimcha yoki vafot toptirgunimcha sog‘lik vaqtida qilgan amallarining savobini yozib turgin” deyiladi”, dedilar”. Bunday hadis musofirlar va keksalar haqida xam aytilgan (Mirqot). Vallohu a’lam!

14 May 2022, 10:38 | Savol-javoblar | 156 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar