Ziyoratda xomilador ayol
Assalomu alaykum! Bir inson homilador ayollar muqqaddas qadamjolarga borib bo‘lmasligini aytib o‘tdi. Men bu xaqda biror xadisda va manbada uchratmaganman. Agar bu xaqda biror manba bo‘lsa ko‘rsatib o‘tsangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shariat talablariga muvofiq ziyorat qilishga monelik yo‘q. Hozirgi kunda u joylarda juda ko‘p shirk va bid’at amallar sodir bo‘lmoqda. Ziyoratning ilmini bilmagan inson avvalo ziyorat qilish odoblarini o‘rganishsin. So‘ng borishi joiz. Aks holda o‘sha joylarda ba’zi bir dinini pulga sotadigan kishilar o‘tirib olib, shirkka chaqirayotganlari ham ko‘p ekan. Borganlardan biri bizga o‘sha erda bir ayol o‘tirib olib farzand ko‘rmagan ayollar kelganini bilsa “men farzandimni shu avliyo otamdan tilab olganman” deb shirkka chaqirayotganini aytib berdi. Savob olaman deb iymondan ayrilib qolmaslik kerak. Ziyoratga borganlarni o‘sha erdagi daraxtar ostidan o‘tkazayotganlar va atrofida aylantirayotganlar kam emas. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:09 | Savol-javoblar | 166 | Turli savollar