Qarg‘ishni qaytarish
Assalomu alaykumMen qarg‘ish juda yomonligini undan musulmon odam qaytarilganini bilaman. Lekin shayton gapiga kirib bir odamni meni va farzandimni haqqini egan deb gumon qildim va uni juda qattiq qarg‘adim. Qarg‘ayverdim. Bir kun o‘tib aslida u odam haqqimni emoqchi bo‘magani va meni nohaq ekanligim ayon bo‘ldi. Endi men vijdon azobida yonyapman. U dunyoda Allohga nima deb javob beraman. Shunga haj mablag‘ini yig‘ib o‘sha inson nomidan qiynalganlarga ehson qilib savobini ularga bag‘ishlab, ularga umr, iymon, Allohdan afv so‘ranglar demoqchiman. Ehson, sadaqa insonni asraydi deb eshitgandim. Iltimos qarg‘ishni qaytarish yo‘li, duolari bo‘lsa ayting. Yordam bering menga.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz qilgan nohaq qarg‘ishingiz unga zarar bermaydi, balki o‘zingizga qaytib kelishi xavfi bor. Qilgan ishingiz uchun tinmay istig‘for ayting, tavba qiling. O‘sha insonni rozi qiling. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 10:55 | Savol-javoblar | 199 | Dolzarb savollar