Jo‘ralar bilan osh

Assalomu alaykum! Xozirgi paytda oshna oga inilar birgalashib samovorda osh yiyishlik urf bo‘lgan. Modomiki kassa yigiladi. Birinchi savolim shuki kassa o‘ynasek misol uchun biror narsaga boglamasdan qancha pul bersa ashi puldi qaytarib kassa o‘ynalsa joizmi. Misol uchun 100.000 som beradi qaytaryotganda ham 100.000 qaytaradi. Ikkinchi savolim bir inson hamma oziq ovqatidan tortib oshigacha to‘ledi u insonga kassa yigib beramiz. Dasturxon har doimgiday deyarli bir xil bo‘ladi va ohirida oshga kelgan har bir odamdan 20.000 so‘mdan dasturxonga yordam tariqasida pul yigib beriladi. Bu o‘tirishlik joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Pul berib, so‘ng berganini qaytarib olsa joiz. Siz qilmoqchi bo‘lgan ish ko‘p hollarda isrof ustiga quriladi. Bunday ishlarni ko‘paytirgandan ko‘ra oxiratingiz uchun xayrli bo‘lgan amallarda musobaqalashganingiz afzal. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 11:18 | Savol-javoblar | 143 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar