Uy zakoti

Assalomu alaykum! Men bir uy olganman (xojatdan tashkari chunki o‘zim oilam va ota onam bilan xovlida yashaymiz) keyinchalik farzandimga qoldiraman va arendaga odam qo‘yaman deb. Lekin uy korobka xolatida uni remont qilishga mablag‘ xali topolmadim. Shunda savolim shuki 1. Men bir qo‘y qurbonlik qilishim kerakmi? 2. Agar qurbonlik qilish kerak bo‘lsa unda qo‘y o‘rniga uni miqdoricha kimgadir pul bersam bo‘ladimi, o‘ylashimcha pul faqirlarga manfaatliroq bo‘ladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Sizga qurbonlik qilish vojib. 2)Qurbonlik qilish vojib. Qurbonlikdan boshqa nima ishni qilsa ham qurbonlik soqit bo‘lmaydi. Albatta qurbonlik qilishi kerak.
Qurbonlik molining mislicha pul hadya qilish bilan undagi vojib bo‘lgan haq soqit bo‘lmaydi. Kim agar shunday qilsa gunohkor bo‘ladi.
Fuqaholarning mazhabiga ko‘ra biror amalning o‘rniga kishi o‘z fikricha o‘rinbosar tayin qilib olishi mutlaqo joiz emas.
Ashraf Ali Tahonaviy rahmatullohi alayh o‘zlarining maruzalarida quyidagi hikoyani keltirganlar:
“Bir kishi qurbonlik kunlarida qurbonlik qilish o‘rniga uni qiymatini beva-bechoralarga sadaqa qilar edi. Bir kecha tush ko‘rdi. Qarasaki, qiyomat qoim bo‘libdi. Sirot ko‘prigi qoim qilingan. Narigi tomoni jannat, juda ko‘pchilik o‘z ulovlariga minib, sirot ko‘prigidan o‘tib jannatga kirmoqdalar. U kishi esa, hayron, qanday o‘tishni va nimaga minishni chorasini topa olmas edi. Odamlarga ulovlar qaerdan kelayotganini tushunmay esankirab turganida, g‘oibdan ovoz kelib, «Bu ulovlar ularning dunyoda tayyorlab qo‘ygan ulovlaridir. Ularning qilgan qurbonliklaridir. Siz qurbonlik qilmaganligingiz uchun ulovdan mahrumsiz, degan ovoz keldi. Uyqudan o‘yg‘ongach tavba qildi». Chunki hadisi sharifda shunday deyilgan:عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، رَفَعَهُ: اسْتَفْرِهُوا ضَحَايَاكُمْ، فَإِنَّهَا مَطَايَاكُمْ عَلَى الصِّرَاطِAbu hurayra roziyallohu anhudan marfu’ holatda rivoyat qilinadi:
“Yosh, navqiron, baquvvat jonivorlarni qurbonlik qilinglar. Chunki, ular (qiyomat kuni) sirot ustidagi ulovlaringizdir”. (Imdodul fatavo 56 bet). Vallohu a’lam!

14 May 2022, 12:02 | Savol-javoblar | 162 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar