Ish haqqini yoki boshqa moddiy haqqini talab qilish

Assalomu alaykum! Men biror joyda ishlagan bo‘lsam meni ish haqqimni berishmasa yoki ataydan cho‘zishsa, men ish haqqimni undirish uchun qandaydir kuch ishlatsam bo‘ladimi? Mobodo qizishib unga biror buyum kesuvchi vosita bilan jaroxat etkazib qo‘ysam, u jaroxatlansa yoki olamdan o‘tib qolsa men aybdor bo‘lamanmi? Yaxshi muomila bilan ish bitmasa u eshitmasa qo‘lingdan kelganini qilaver desa, men gunoxkor bo‘lamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kuch ishlatishga haqqingiz yo‘q. Mabodo shunday qilsangiz albatta gunohkorsiz. Haqni undirish uchun mahkamaga murojaat qilish lozim. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 12:13 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar