Fermerlar maktabi
Assalomu alaykum! Hozirda "Agrobank" tomonidan 3 oylik fermerlar maktabi ochilgan. Bunda o‘quvchi xech qanday harajat qilmaydi. Barcha harajatlar bank tomonidan qoplanadi va evaziga o‘quvchiga hech qanday shartlar yo‘q. Balki, imtiyoz bor, ya’ni o‘quvchi kursni muvaffaqiyatli yakunlasa, unga bank tomonidan imtiyozli kredit beriladi. Ustozlar men shu kursda o‘qimoqchi edim. Maqsadim dehqonchilik ilmlarini o‘rganish faqat. Agar, muvaffaqiyatli yakunlasam bank menga kredit taklif qilsa, albatta, olmaslikni qasd qilaman va olmayman ham. Ustozlar shu kursda o‘qishim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agrobankga telefon qilib so‘rab ko‘rdik, bu “fermerlik maktabi”da o‘qish mutlaqo tekin ekan. “O‘qigani evaziga bu bankning kredit xizmatidan foydalanish lozim” degan shart umuman yo‘q ekan. Faqat ta’lim olish uchun kirish mumkin ekan. Ribo ishlariga aralashmang. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 12:34 | Savol-javoblar | 208 | Ta’lim va muta’allim