Muhammad Basir ismi

Assalomu alaykum! Bir savolda o‘qib qoldim. Marhum Shayh hazratlari Muhammad Qodir ismini bo‘ladi degan ekanlar. Bu javobni o‘qib hayron bo‘ldim. Chunki bunday ismlar qo‘yib bo‘lmaydi deb o‘ylar edim, ya’ni Allohning sifatiga insonni ismini qo‘shib qo‘yib bo‘lmasa kerak derdim. O‘zi umuman ikkita ism qo‘shib qo‘ysa bo‘ladimi o‘zi? Masalan, Muhammad Usmon, Muhammad Umar kabi? Yaqinda akam farzandli bo‘ladi. Tug‘ilajak chaqaloqqa ism qidirib, Alloh taoloning Basiir sifatiga duch kelib qoldik. Tushunib-tushunmay Basiir deb ism qo‘yishni o‘ylab qolishdi oilamdagilar. Abdulbasiir deb qo‘yish kerak desam, maqul kelmadi shekilli Muhammad Basiir qo‘yamiz bo‘lmasa deyishdi. Man unda ham bo‘lmaydi dedim. Saytni izlash hizmatidan qidirsam yuqoridagi Shayh hazratlarining javoblari chiqdi. Demak Muhammad Basiir deb ism qo‘ysa ham bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taoloning ba’zi bir sifatlari bor, ularni bandalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ism qilish mumkin. Ba’zilarini esa ism qilishi joiz emas. Oldiga ABD so‘zini qo‘shib iste’mol qilish kerak. Basiyr  va Sami’ lar ham oldiga ABD qo‘shimchasini qo‘shib iste’mol qiladigan ismlardan. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 22:00 | Savol-javoblar | 213 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar