Erkak va ayol

Assalomu alaykum! Erkak kishi bilan ayol kishi o‘pishib ko‘rishishi mumkinmi. Masalan men va otamning opasi ya’ni ammam men bilan ko‘rishganda meni o‘padi. Avval yosh bo‘lganim sababli e’tibor bermasdim. Hozir noqulay bo‘lyapti. Shu narsa mumkinmi. O‘zi qaysi qarindoshlik holatida erkak kishi ayol kishi bilan o‘pishib ko‘rishi mumkin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Faqat er va xotin o‘pishishi mumkin. Bordiyu boshqa erkak va ayolning badani bir-biriga shahvat bilan tegsa hurmati musoharat sobit bo‘ladi. Bu holdan qattiq ehtiyot bo‘lish lozim. Vallohu a’lam!
Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing:https://fiqh.uz/maqola/652

23 May 2022, 10:51 | Savol-javoblar | 169 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar