Fitnachi qarindosh
Assalomu alaykum! Rizq topish yo‘lida safarga ketgan er kishini uyiga qarindosh "erkak" kelib shu er kishini ayolini gapga solishi va uni telefon raqamini so‘rashi shariatga umuman to‘g‘ri kelmasligi haqida ma’lumot bersangizkim, shu va shunga o‘xshash kishilar shu sabab Allohdan hayo qilishsa. Bu erda ayol kishi erini qarindoshiligini hurmati eshikni ochgan, guvohlar bor. Er shu qarindoshni tanobini tortishi tabiiy va u bilan aloqani uzishi gunoh emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunchalik holatda aloqani uzishi gunoh emas, ayb xotinning o‘zida. Har qanday inson bo‘lganida ham er yo‘qligida uyiga kirgazmasligi kerak. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam erning haqlarini sanab o‘tib, ulardan biri “Ayol eri g‘oyibligida uyiga begonani kirgizmasligi” deganlar. Buning hikmatini hozirgi kunda ko‘rib turibmiz. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:41 | Savol-javoblar | 153 | Oila va turmush