Yolg‘onchi otaga muomala
Assalomu alaykum! Dadamiz avvaldan odamlardan qarz olib to‘lamay aldab yurishgan. Vaqt o‘tib odamlar pulini yoki bergan molini so‘rab kelsa "meni uyda yo‘q denglar" dep qochib yurishgan. 25 yil dadamni qarzlarni onam to‘lab kelganlar. Onam Dadamga juda ko‘p martta bu ishlari noto‘g‘riligini aytib kelishgan. Lekin foydasi bulmagan. Xozir onam pensiyadalar. Mana 5-10 yildan buyon dadamni yangi olgan qarzlarini, sudho‘rdan olgan pullarini akam va ukam tulab kelishmoqda. Akam va ukam hatto 2-3 martta qarzlarini uzlarini buynilariga olib qamoqdan ham chiqarib olishti. Qamoqdan chiqishgandan sung ham uzgarishgani yuq. Allohdan dadamga insof surab yashayapmiz. Sudhurlardan pul olishlari, yolg‘onchiliklarini chegarasi yuq. Savolim shuki biz ba’zida dadam bilan bu ishlari noto‘g‘ri ekanligini aytib urushib qolyapmiz. Yaxshi gapirib yalinsek ham uzgarmadilar. Shu holatda dadamga (yaxshi bulishi uchun albatta) qattiq gapirib yuborsak yoki uydan chiqarib yuboramiz dip qo‘rqitmoqchi bo‘lsak gunoh qilib qo‘ymaymizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Otangizga qo‘pol muomalada bo‘lmanglar. Ibrohim alayhissalomning otalari but yasaydigan bo‘lsa ham qo‘pol muomalada bo‘lmaganlar. Otangizni qo‘rqitish echim bo‘la olmaydi. Balki kimlardan pul olishi mumkin bo‘lsa o‘shalarga borib pul bermasliklarini, agar bersa sizlar to‘lamasligingizni aytib qo‘yinglar. Banklarga ham tegishli ravishda murojaat qilib qo‘yilsa kredit berishmaydi. Vallohu a’lam!
23 May 2022, 10:54 | Savol-javoblar | 158 | Oila va turmush