G‘ayridinlarni ehsoni

Assalomu alaykum! G‘ayridin insonning ehsoni qabul etiladimi. To‘liqroq tushuntirib bersangiz. Bazilar o‘tmaydi desa bazilar bu dunyoda o‘tadi lekin u dunyoda qabul bo‘lmaydi deyishdi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo bandalarining biror amalini zoe’ qilmaydi. Solih amal qilgan bo‘lsa, mukofotlaydi. Gunohga qo‘l urgan bo‘lsa, jazo beradi. عن أنس بن مالك قال قال رسول الله صلى الله عليه وسلم إن الله لا يظلم مؤمنا حسنة يعطى بها في الدنيا ويجزى بها في الآخرة وأما الكافر فيطعم بحسنات ما عمل بها لله في الدنيا حتى إذا أفضى إلى الآخرة لم تكن له حسنة يجزى بها. رواه مسلم Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta Alloh taolo mo‘minning qilgan yaxshiligi uchun zulm qilmasdan shu dunyoda ham beradi. Oxiratda esa u yaxshiligi uchun mukofot ham ato etadi. Ammo kofir kimsa shu dunyoda Alloh uchun qilgan yaxshiliklarida rizqlantiriladi. Qachonki, oxiratga borganida, mukofotlanishi uchun yaxshiligi bo‘lmaydi» dedilar. 
Imom Muslim rivoyati.
“Ulamolar ijmo’ qilishganki, kufrda vafot etgan kishi uchun oxiratda biror savob yo‘q, u Alloh uchun bu dunyoda qilgan biror amali uchun oxiratda mukofot olmaydi. Ushbu hadisi sharifda bayon qilinmoqdaki, kofir qilgan yaxshiliklari uchun dunyoning o‘zida rizqlantiriladi... Mo‘min esa, uning mukofoti va amalining ajri oxirat uchun jamlab qo‘yiladi. Shu bilan birga u bu dunyoda ham amali uchun mukofot oladi.” (Al-Minhaj fi sharhi sahihi Muslim ibn Hajjoj). Vallohu a’lam!

14 May 2022, 12:23 | Savol-javoblar | 134 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar