Qarz olgan sim karta

Assalomu alaykum! Men bilayndan bir raqam sotib olgandim. 30 mingdan ziyotroq, qarz bo‘lib o‘chib ketdi. Operatirga urib so‘rasam u raqam boshqa insonni nomiga o‘tib ketibdi, sizni nomizda o‘chib ketibdi hech qanada qazrni to‘lanmaydi, degan ma’noda gapirdi. Endi men shu nomerni qarzini berishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Odatda aloqa kompaniyalari qarzga ishlamaydi. Sizdan oldindan to‘lov oladi. Keyin mabodo qarz bo‘lsangiz ham, kompaniya o‘zi rozi bo‘lib kechib yuborsa, berishingiz shart emas. Odatda kompaniya rozi bo‘lmasa, sudga berib sizdan undirib oladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 14:46 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar