Amakining qizi

Assalomu alaykum! Amakimlar bilan bir xovlida yashaymiz. Amkimni qizi bilan bir oliygoxda taxsil olamiz. Avvallari o‘qishga jamoat transportida borardik. Yaqinda mashina oldim. Amakimni qizlari o‘qishga ketayotganimda so‘rab xam o‘tirmasdan mashinaga o‘tirib oladi va men bilan o‘qishga birga bormoqda. Axir qarindosh bo‘lsa xam u menga nomaxramku. Mashinaga o‘tirmasa desam to‘g‘ri bo‘larmikin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! ozirgi kunda juda ko‘p fisqu fasod shariatga amal qilmagan ba’zi bir taksi haydovchilardan sodir bo‘lmoqda. Bu barchaga ayon va saqlanish kerak bo‘lgan ishlardandir. Fatvoga kelsak, dunyoning etuk olimlaridan Ustozimiz shayx hazratlari ham ilmlarini tan olgan va hamma vaqt ehtiromini o‘z joyiga qo‘ygan Mavritaniyalik olim Muhammad Hasan ad-Daddu hafizahulloh: “Ayol kishi yolg‘iz holida kunduz kuni taksiga minsa, yon atrofdagi odamlar tufayli bir xonada nomahram bilan yolg‘iz qolish hukmida bo‘lmaydi. Tunda yoki uzoq yo‘lga yolg‘iz holda yo‘lga chiqsa joiz emas” degan favtoni bergan. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 21:08 | Savol-javoblar | 161 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar