Savollarim bor
Assalomu alaykum! Yoshim 32 ga kirdim. shu vaqtga qadar namoz o‘qimasdim ro‘za tutmas edim. endi 32 yoshga to‘lganimda Alloh qalbimga hidoyat soldi, endilikda barcha farz ammalrni bajarishga harakat qilayapman. QIYoMAT VA OHIRAT kitobidan o‘qishimcha qazo namozlari bor insonni sunnat va nafl namozlari qabul bo‘lmas ekan. shu rostmi 20yillik qazo namozim borda hammasini o‘qiyman inshaalloh lekin hammasini o‘qiginimcha rostdan ham sunnat va nafl namozlarim qabul bo‘lmaydimi? 2-savolim Singlim Onamni qornida vafot etgan tug‘ulmasdan, albatta janaza o‘zilmasdan ko‘milgan shunga har quron tilovat qilganimda savolaridan singlimga atasam ham bo‘ldimi? 3-savolim: ramazon ro‘zasini tutishni bu yilddan boshladim 1-marta tutayotganim boyis 1-2-3- kinlari saharlik qilishdan oldin niyat qilish esimdan chiqibdi ro‘zam qabul boladimi yoki qazo bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Siz u kitobni emas balki “Mo‘minni me’roji” kabi kitoblarni o‘qishingiz kerak. Sunnat namozlarni ham qazolarni ham o‘qing.2). Shart emas.3). Ro‘za durust bo‘lishi uchun niyat shartdir. Niyat deganda “navaytu an asuma” duosi tushunilmaydi. Niyat bu amalni bajarish uchun qalbdan qasd qilishdir. Ramazon ro‘zasi uchun quyosh botganidan to ro‘za kunining yarmigacha niyat qilish mumkin. Ushbu vaqtdan avval yoki keyin qilingan niyat durust emas. Albatta subhi sodiq kirganidan so‘ng (ya’ni saharlik vaqti tugaganidan so‘ng) biror narsa eb-ichmaganligi, jinsiy yaqinlik qilmaganligi shart qilinadi. Vallohu a’lam!
23 May 2022, 10:56 | Savol-javoblar | 160 | Namoz