Namozdan keyin "Oyatul kursiy"ni o‘qish
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men har doim farz nomozdan keyin Oyatal kursni o‘qiman. Shundan so‘ngina sunnat nomoziga o‘taman. Bu ishni to‘g‘ri qilmoqdaman deb bilar edim. Ammo bir do‘stim bunday qilib bo‘lmaydi Oyatal kursni nomozni to‘la o‘qib bo‘lib o‘qish kerak dedi. Shu masala yuzasdan qanday yo‘l tutgan afzal?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sizga quyida shunga o‘xshash savol-javobdan iqtibos keltiramiz: Savol: Men hozir Rossiyaning Ufa shahrida o‘qiyman. Yaqinda bir ish bilan Orenburg shahriga bordim va u erdagi tanishlarim bilan birga namoz o‘qidik. Ular duoni farzni o‘qigandan so‘ng qilisharkan. Men savol berganimda, «Shunday qilsangiz, duo qabul bo‘larkan», deyishdi. Albatta, duoning qabul bo‘lishini Alloh subhanahu va taoloning yolg‘iz O‘zi biladi. Savolim shuki, qanday qilsak, to‘g‘ri bo‘ladi? JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Sizning tanishlaringiz nima uchun farzdan keyin duo qilayotganlarining shar’iy dalilini bilishmas ekan. Boshqa bemazhablar bunday holatlarda darhol: «Rasululloh shunday qilganlar», deyishadi. Ammo ular oradagi nozik farqni bilishmaydi. Chunki zohiriy bo‘lganlari uchun, mazhabni tutgan ulamolar bilgan nozik sirlarni anglab etishmaydi. Mazhabni tutganlar esa har bir ishdagi kabi, bu masalada ham hamma tarafni puxta o‘rganib, barcha nozik taraflarni hisobga olib hukm chiqarganlar. Namozdan keyingi duoni qachon qilsa to‘g‘ri bo‘lishi haqidagi javob doktor Vahba Zuhayliyning «Al fiqhul Islamiyyu va adillatuhu» nomli kitobida kelgan bo‘lib, unda bu haqda quyidagilar aytilgan: يُسَنُّ ذِكْرُ اللهِ، وَالدُّعَاءُ الْمَأْثُورُ عَقِبَ الصَّلَاةِ، إِمَّا بَعْدَ الْفَرِيضَةِ مُبَاشَرَةً، إِذَا لَمْ يَكُنْ لَهَا سُنَّةً بَعْدِيَّةً، كَصَلَاةِ الْفَجْرِ، وَصَلَاةِ الْعَصْرِ، وَإِمَّا بَعْدَ الْاِنْتِهَاءِ مِنَ السُّنَّةُ الْبَعْدِيَّةِ، كَصَلَاةِ الظُّهْرِ وَالْمَغْرِبِ وَالْعِشَاءِ، لِأَنَّ الْاِسْتِغْفَارَ يُعَوِّضُ نَقْصَ الصَّلَاةِ «Namozdan keyin zikr va ma’sur duoni (salafi solihlardan naql qilingan duolarni) bomdod va asr namozlariga o‘xshash ortida sunnati yo‘q namozlarda farzdan keyin, peshin, shom va xuftonga o‘xshash ortida sunnati bor namozlarda sunnatdan keyin qilish sunnatdir. Chunki istig‘for namozning nuqsonini to‘ldiradi». Hanafiy mazhabida esa sunnat namozlar farzlarni to‘ldiruvchi hisoblanadi va shuning uchu sunnatni ham o‘qib olgandan keyin, namozning nuqsonlari ham to‘lib, duo qabul bo‘lish holati mukammal bo‘lganidan keyin duo qilinadi. (“Ixtiloflar sabablar echimlar” kitobidan). Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 07:27 | Savol-javoblar | 157 | Ibodatlar