Ro‘za ochilganganmi
Assalomu alaykum! Men Ro‘zador odam orqa avratini mubolag‘ali yuvishi mumkin emasligini bilmas edim. Nam qo‘li bilan orqa avratiga tiqsa ro‘zasi ochiladi deb. Tiqish deganda qancha miqdor nazarda tutilgan? Men bu holat bilan o‘tgan yilni va hozirgi vaqtgacha deyarli har kuni yuvgan holatda o‘tkazgan. Qaysi kuni yuvgan qaysi kuni yuvmagan buni eslashni iloji yo‘q. Endi men nima qilishim kerak? Kafforat ro‘za bilan qazoni qanday farqlanadi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Istinjo chog‘ida suv, bavosili kasalligida dorilar orqa a’zoning klizma qilinadigan joyigacha etib borsa ro‘za ochiladi. Etib bormay tashqarida qolsa, ochilmaydi.لَوْ بَالَغَ فِي الِاسْتِنْجَاءِ حَتَّى بَلَغَ مَوْضِعَ الْحُقْنَةِ فَسَدَ وَهَذَا قَلَّمَا يَكُونُ Agar istinjoni mubolag‘a tarzida qilsayu, klizma qilish o‘rnigacha etib borsa, ro‘zasi ochiladi. Bu narsa juda kamdan-kam bo‘ladi. Roddul Muhtor.وَالْحَدُّ الَّذِي يَتَعَلَّقُ بِالْوُصُولِ إلَيْهِ الْفَسَادُ قَدْرُ الْمِحْقَنَةِ Ro‘zani buzadigan darajada narsaning ichkariga kirishidagi chegara klizmada suv ichkariga ketadigan joyidir. (Roddul Muxtor). Vallohu a’lam!
23 May 2022, 11:01 | Savol-javoblar | 152 | Ro‘za