Bo‘lib to‘lashga olingan mashinadan zakot

Assalomu alaykum! O‘tgan yili shu paytga 3000dollar pul bo‘lgan. Xozir 6000dollar pul bor va bo‘ynimda 7000dollarlik mashina qarzi bor. 1 yilga pulini to‘lash uchun olingan mashina. Men 3000+6000-7000=2000 shundan beramanmi zakotni? Yoki bo‘lib tulash uchun olingan mashina qarzi qarz xisobida qo‘shilmay 3000+6000=9000 bo‘lib shu summadan beramanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘tkan yili zakot nisobi 27 mln 200 ming so‘m bo‘lgan. O‘sha miqdordagi pulga ega bo‘lgan kuningizdan boshlab bir yil o‘tkach qo‘lingizdagi mablag‘ zakot nisobiga teng yoki undan ko‘p bo‘lsa o‘sha mablag‘ning qirqdan birini zakot sifatida ado qilishingiz vojib. Mashinani shu bir yil to‘lgan kundan keyin olgan bo‘lsangiz, uning qarzini bu yilgi beradigan zakotingiz uchun e’tibori yo‘q. Chunki bir yil to‘lishi bilan zimmangizga zakot vojib bo‘lib bo‘lgan. Agar bir yil to‘lishidan oldin mashinadan qarz bo‘lgan bo‘lsangiz bir yil to‘lgan kundagi bor pulingizdan (nisob miqdorida bo‘lsa albatta) bir yil to‘lashingiz kerak bo‘lgan qarzlaringizni ayirib tashlaysiz, nisob miqdorida pul qolsa o‘shani zakotini berasiz. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 11:01 | Savol-javoblar | 150 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar