Pul masalasi
Assalomu alaykum! Meni bir yaqin do‘stim bor, u mendan pul so‘rab turadi, so‘raganda men unga beraman va boshqa u pulni so‘ramayman. U pulni men shunday beraman va rozi bo‘lib beraman (qarzga emas) chunki unga yordam berishga imkoniyatim bor, savolim shuki do‘stimga gunox bo‘lmaydimi yoki u pullar bo‘ynida qarz bo‘lib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qarz deb bermasangiz zimmasida qolmaydi. Ammo siz do‘stingizni xulqi buzilib boqimanda bo‘lib qolishiga sababchi bo‘lib qolayotgan bo‘lishingiz mumkin. Chunki pul so‘rab kelgan odamga pul beraverish emas, balki halol pul topadigan biror kasb o‘rgatib qo‘yish kerak. Vallohu a’lam!
23 May 2022, 11:02 | Savol-javoblar | 165 | Turli savollar