Namoz vaqtlari taqvim xaqida

Assalomu alaykum! 1). Shom namozini taqvimda ko‘rsatilgan xufton namozi vaqti kirgunicha o‘qisa bo‘ladimi? 2). Xufton namoziga azon chaqirig‘ini taqvimda ko‘rsatilgan xufton namozi vaqtidan oldin aytish to‘g‘rimi yoki xufton namozini taqvimdagi vaqtdan oldin o‘qish xam?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ha.
2). "Kifoya" kitobida quyidagicha keladi:
Shomniki undan to shafaq g‘oyib bo‘lguncha. U qizg‘ishlikdir va bunga fatvo berilgandir.
Imom Muslim Ibn Umar roziyallohu anhumodan qilgan rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Modomiki shafaq g‘oyib bo‘lmasa, shomning vaqti bor», deganlar.
Jabroil alayhissalom Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga namozning vaqtlarini ko‘rsatganligi haqidagi hadisda: «So‘ngra shomni quyosh botib, ro‘zador iftor qiladigan paytda o‘qidi. So‘ngra xuftonni shafaq g‘oyib bo‘lganda o‘qidi», deyilgan. Demak, shom namozining vaqti ushbu ikki vaqt orasida bo‘ladi.عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَمْرِو بْنِ الْعَاصِ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّهُ قَالَ سُئِلَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنْ وَقْتِ الصَّلَوَاتِ فَقَالَ وَوَقْتُ صَلَاةِ الْمَغْرِبِ إِذَا غَابَتِ الشَّمْسُ مَا لَمْ يَسْقُطْ الشَّفَقُ  رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا الْبُخَارِيَّ  Abdulloh ibn Amr ibn Os roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan namozlar vaqti haqida so‘raldi. Bas, u zot:
«…Shom namozining vaqti quyosh g‘oyib bo‘lgandan shafaq tushguncha», dedilar».
Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.
Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing. Vallohu a’lam!
https://savollar.islom.uz/s/38306 

25 May 2022, 17:44 | Savol-javoblar | 170 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar