Unni nasiyaga olsa - RIBOmi?

Assalamu alaykum shayh Muhammad Sodiq, sayt tahririyati.Avvalom bor sizlarga butun kirg‘iziston musulmonlari nomidan qilayotgan ishlaringizga Alloh nusrat berishini va SOF islomni targ‘ib bo‘shida qilayotgan harakatingizga Robbim madad bo‘lishini surayman!savolim quyidagicha: :?Bir domladan 5 ta narsani nasiyasi ribo bo‘ladi deganini eshitdim, biroq o‘zidan so‘rashga imkon topa olmadim. Shu sanagan narsalarini ichida un (bug‘doy mahsulotlari) deganini ham eshitdim. Aytingchi, men nasiyaga, unni sotib olsam, masalan 1 qop un uchun 40$, 1 oydan so‘ng 40$ (yoki qirgiz somi, uzbek sumimi) pul bersam RIBO bo‘lib qoladimi? Iltimos batafsilroq javob bersangiz.Hurmat va ehtirom bilan muhlisingiz!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ribo ikki xil bo‘ladi:1. Nasiya ribosi.Qarzni ado etishni kechga surish evaziga olinadigan foyda. U oddiy qarz bo‘lsa ham, sotib olingan narsaning narxi bo‘lsa ham, baribir.2. Savdo ribosi.Oltin, kumush, bug‘doy, arpa, tuz va xurmolarda bir jinsdagi narsani almashtirishda ziyoda olish. Buni «Ribo al-Fazl» ham deyiladi.Shulardan oltin va kumushni nasiya savdo qilib bo‘lmaydi. Qolganlari savdoga qo‘yilgan narsalarning jinsi boshqa bo‘lsa, savdosi bo‘laveradi. Misol uchun bug‘doyni pulga sotib olish uchun nasiya savdo qilish joiz. Siz aytgan odam nima demoqchi bo‘lganini tushuna olmadim.

2 May 2022, 08:35 | Savol-javoblar | 207 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar