Chaqimchilikka kirmaydimi

Assalomu alaykum! Ishxonamizda ishlaydigan bir ayol bilan bo‘ydoq yigit zino qilib yurishibdi. U ayolning eri bor. Uni ham taniyman. Zinoni ko‘zim bilan ko‘rmaganman, lekin, shaxsan bo‘ydoq bolani o‘zi shunday qilishini gapirib yuribdi. Balki bu fitnadir, ammo, o‘sha bo‘ydoq bola shunday gap tarqatib yurgani haqida eriga aytib qo‘yishim kerakmi? Chaqimchilik yo fitnani kuchaytirish bo‘lib qolmaydimi? Agar u fitna bo‘lsa, oila fitnani deb buzilib ketishidan va bunga men sababchi bo‘lishimdan Allohni oldida qo‘rqaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz ayolni o‘zini ogohlantiring. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 12:15 | Savol-javoblar | 137 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar